Iyso Alayxis-Salomning yollari

 

Iyso, ma'naviyatshunoslik va yeru-zamin:

Iyso Alayxis-Salomning yo'llari, uni insoniyatning ongiga va odamzodning va yana qurrai zaminning o'zgarishlariga qo'shgan hissalari;

Mustaqqil bo'lgan axborot sahifasi, turli sohalarga taalluqli tajriba va tadqiqotga asoslangan yangicha dunyo qarashlar; shaxsiy barkamollik uchun kundalik amaliy maslaxat ko'rsatmalar.

Bu yerdagi ushbu sahifada Siz o'zbek tilida bir ibodatga oid zarur asos bo'ladigan ko'rsatmalarni topa olasiz.

 

Bir necha bo'shqa tillarda1) Siz "Din odamning Xudo bilan qayta bog'lanishuvi" yana " Iyso Alayxis-Salom va Islom" kabi qo'shimcha qisqa tekstlarni topa olasiz.

Iyso va Islom borasida ma’lumotlar

Bundan tashqari Siz boshqa kopgina tillarda2) Siz bizning Injillar haqidagi batafsil sharxlarimizni va Ioannga kelgan vahiy borasida; va boshqa ko'pgina mavzularga oid boblarni topa olasiz.3)

 

1) Qisqa berilgan sharxlar: türkçe 

2) Mufassal sharxlar: ingliz va olmon tillaridagi (sharxlar) muntazam yangilangan tarzda nashr etilib boradi.
Bundan tashqari:   , ...

 

http://www.ways-of-christ.com/uz

 

Tinchlik, hayot va yeru zamin haqida ibodat

Bu ibodat bir vaqtning o'zida xristianlik nazarini va uni qanchayin ibodat ta'sirchanligi uchun muhimligini tushuntiradi.

Xudoyim, mening boshi avvalim, yordam-madadim va mening umidim!
Iyso Alayxis-Salomga birlashib, o'zingdan keladigan barcha narsalar uchun shukrona aytaman.
Sendan meni uzoqlashtirgan ishlar uchun meni avf et.
Menga ushbu osoyishta oromlikda Sening Ruhing yodi bilan izlanishga yo'lu madad ber.

Senga tomon intilgan boshqalarning yo'liga to'sqin bo'lmaslikka meni yetaklagin.
Sening ixtiyoring bilan bo'shqalarga ko'mak berishga meni yo'llagin.
Mening yo'limda o'z panohingda saqla meni.*

Hayot va o'lim ustidan bo'ladigan hukmni O'zingnigina qo'lingga topshiruvda insonlarga madad-quvvat ato qil**.
Sening borlig'ing uchun ishlashni ihtiyor etganlarga ko'mak ber***.
Bu dunyoni Sen o'zing va'dadagi maqtalgan yangi zamonga yetakla. ****

 

*) Bu yerda boshqa odamlarni qo'shib jalb etish mumkin.

**) bu yerda ayrim tafsilotlarni ham qo'shib yuboruvni mumkinchiligi bor, yoki so'ngida meditativ holatda otirish deb tushunsa ham bo'ladi, ya'ni 'Jabr-tajovvuzni va jabr-tajovvuzga qarshi bo'lishni tugatish', 'Jabr-tajovvuzning muammo masallalarini hal etish bilan birga unga sabab bo'ladigan narsalarni tugatish', 'Dinlardagi yaxshi niyatlilar o'rtasida osoyishta bir dialog o'tkazuv', ...Taqqoslang MAT. 5:9 va 26:52.

***) Azoblangan tabiat yordam so'rab yig'lab hayqiradi. Xudogayu Iysoga zo'raygan tabiiy ofatlardan saqlashni so'rab iltijo etish vaqti -soati keldi. Biroq bu odamning yurish-turishini yaratilishga nisbatan o'zgartish deb tushunilmaydi.

****) Luka 11:2; 21:31. Bashorat (so'z) 11:16; ... yana qarang 'Padarimiz bizning', Matfey 6,7-15. Parvardigor o'ziga nisbatan bahshida etilgan mehr muhabbatni bo'lib bera oladi.
Ubodat va ruhiy hayot bilan harakat o'z aro bog'liq, har biri bir-biriga suyanadi.

 

Iyso va Islom borasida ma’lumotlar

 

3) Boshqa tillarda asosiy tekstning to'liq holda quyidagi boblari mavjud: Qism 1: Matnning mazmun ma'nosi va uni ishlatish, meditatsiya uchun metodik ko'rsatmalar va boshqalar.; " Avval boshda so'z bo'ldi", "va so'z go'sht bo'ldi..."; "Nazaretdan bo'lgan Iyso: uning tavalludi; Xristianlik nuqtai nazaridan qayta tug'ilish to'g'ralik alohida sahifa; Aytarlik muhim narsalar Iysoning yoshlik yillarida sodir bo'lganmi? "Ikki Iyso bolalar" mavzusi borasidagi tortishuvga bag'ishlangan qo'shimcha sahifa; Ioann Toefer (Cho'qintiruvchi) tomonidan bo'lgan Yordan bo'yidagi cho'qintirish; Maxsus ilova sahifasi: Hozirgi kundagi cho'qintirish haqida ilova; Saxrodagi sokinlik; Urinishlar; Kana (shahri)dagi to'y marosimi; (Seksual shaxvoniyatga, mehr-oqibatga, o'zgalarni tushunuv va sevgi-muhabbatga nisbatan bo'lgan xristiancha ko'z -qarashlar); "Muqaddas jahd qilish" (hissiyotlar to'g'risida nuqtai nazarlar); Tog'da aytilgan vaaz (Faxm-farosatga nisbatan bo'lgan nuqtai nazar); Iyso (Qutqaruvchi) ruhi-kayfiyatining Tabor togidagi o'zgarishi; "Mo'jiza karomatlari" to'g'risidagi masala; Lazarning qayta tiriluvi; "Qo'ylar"; Alayxis-Salom hamda poy yuvishlik va Betaniyada balzam surtish (xristianlik ma'naviyati borasida muxim ko'z qarashlar); Kechki tanovvul, xibsga olinish va savalanish; Tikonli bosh chambaragini kiydirishligi va vidolashuv ma'ruzalari; Xoch (but)ga mixlanilish va qabrga qo'yishlilik, xristianlik mistikasining mulohazalari bilan; Bo'sh bo'lgan qabr masalasida, "Do'zaxga tushish", "Jannatga kirishish" (masalasi); Qayta tiriluv; Osmonga parvoz, Ko'tariluv; Troitsa voqeasi; Iysoning rasmi. Qism 2: Yuhanno (havoriy)ning bashorati; Karomatlarga qanday munosabatda bo‘lmoq kerak; Yuhanno talqinidagi qiyomat kunining mazmuni: Yetti cherkov – hozirgi cherkovlar yoki diniy oqim-yo‘nalishlar va umumxristianlik masalalariga oid alohida sahifa; Yetti muhr; Yetti karnay; "Yetti chaqmoq" va ikki Payg‘ambar; Ayol va ajdarho; Dengizdan (chiqqan) yetti boshli maxluq; Yer ostidan (chiqqan) o‘n shoxli maxluq; "Yetti kosa g‘azab", "Bobil"ning inqirozi va Isoning ikkinchi marta kelishi; (Haqiqiy) "Ming yillik tinchlik davlati"; "Yangi osmon, yangi yeru zamin" va "Yangi Quddus"; Xotima bobi: Xristianlik; Jadval: xristian hulqi –"Dunyoda, ammo dunyodan emas", "Uchinchi yo'l", Ifoda uslubiga oid ilovalar, bosmadan chiqqan matn va (bu boradagi) huquq, E-Mail (elektron pochta) manzili. 3. Boshqa mavzular: Ibodat; Axloqiy qadriyatlar asoslari; Iso haqidagi zamonaviy nazariyalarga tuzatishlar; Iso, insonning oziqlanishi va hayvonlarni asrash; Fanlar va Xudoga e'tiqod; Iso va shifo topish – hatto bugun ham; Duolar; Iqtisodiy va ijtimoiy masalalarga xristiancha nuqtai nazar; Jamiyat va siyosatga xristiancha nuqtai nazar; Din va Falsafa; Habermas ma‘ruzasiga sharhlar; ekologiya; homila hayoti; Ushbu sahifalar va xristian ilohiyotshunosligining boshqa maktablari; Xristiancha meditatsiya; Ilhomlar va Cherkovlar; O'limdan so'nggi hayot masalasi va uning o'limdan oldingi hayot uchun ahamiyati; Xristianlik – uning "Taqdir" va "qayta tirilish" to'g'risidagi boshqa ta'limotlar bilan munosabati... 4. Tavrot va boshqa dinlar bilan muloqotga qo'shilgan hissalar: Tavrot, yahudiylik dini va Iso; "Iso va Islom", Zardushtiylik dini; "Buddizm"; "Hinduizm"; "Daosizm, Konfusiylik"; sintoizm va tabiiy dinlar; Din odamning Xudo bilan "qaytadan qo'shilishi" sifatida.

Kopiya (nusha olish) xuquqi: Bizning sahifalarimizdan (printerda) nusha ko'chirishingiz va hech o'zgartirmay qiziqishi bo'lganlarga tarqatishingiz mumkin.

Email: (iloji boricha ingliz yoki olmon tillarida yozish so'raladi)

"Xristos yo’llari" veb (internet) sahifasi tadqiqot va ma’lumot boyicha bir proyektdir. U cherkovlardan, din yo’nalishlaridan va boshqa diniy jamiyatlardan mustasno, alohidadir (bu bilan u o’sha boshqalga qarshi ham emas). Ushbu sahifa turli dinlar o’rtasida osoyishta aloqani va chuqur ma’nodagi bir-birini tushunishni qo’llaydi. "Xristos yo’llari" iqtisodiy daromadga va siyosiy nufuzga intilmaydi. Xristos yo’llari missionerlik qilmaydi va a’zolar targ’iboti bilan shug’ullanmaydi.


Iyso va Islom borasida ma’lumotlar

Dinlar o’rtasidagi baxs

Ushbu maqola dinlarni bir birini yaxshiroq tushunishlikka va bir necha yillardan beri tinch maromda bo’lib o’tayotgan „dinlar o’rtasidagi baxs"ga qo’shilgan hissadir. Ushbu mulohazalar niyati Islom haqida to’liq ma’lumot bermoq degan gap emas; voholangki o’z ichida ham Islomning turlicha maktablari mavjuddir.

Islom*) va boshqa "Yozuvi mavjud dinlar"

Islomning ma’nosi "Alloh irodasiga boy sunish"dir.

Qur’on, Muhammad Payg’ambarga Alloh bergan, (maloika) parishta Jabroil orqali nozil bo’lgan Islomning Ilohiy Kalomi, diniy Ruh tarzida tushuniladi. Jabroil xristianlikdan ma’lum bo’lgan parishta Gabriel bilan tenglashtirish mumkin bo’ladi. Albatta Qur’onga muhim mazmun taalluqlidir. Bundan tashqari Payg’ambar vaqtidan kelib yetgan mavjud keyingi boshqa (Hadislar) dasturlarning (sunna; so’zma-so’z: „Odat") Qur’onning talqinida tutgan o’rni bordir. Payg’ambar ham o’zining shaxsiy umri jarayonida Xudo emas, faqat bir inson bo’ladi. Xristianlar kabi o’z Ilohiy Kitobini yaxshi bilmaydiganlar musulmonlar orasida ham bo’lishligini esga olish kerak.

Qur’onda xristianlar hamda yahudiy-juhudlarga ham ba’zi mavzularda „Ey, ahli Kitoblar" (masalan sura 4,171*) deb va „Siz Isroil farzandlari" deya murojaat etiladi. Shu ma’noda ular ham Qur’oni Sharifni*) o’rgansalar bo’ladi - vaholangki ular ko’p hollarda bunday qilmaydilar. Dinshunoslik ilmi, shubhasiz, barcha dinlarning Muqaddas Kitoblarini o’rganadi, yana shu jumladan ular talqininig tarixiy davomini tadqiqot qiladi. Ammo lekin Muqaddas Kitoblar o’ta e’zoz bilan o’rganilishi zarur. Muslimiy Qur’on talqinshunoslarining ba’zilari tup-asliy Qur’onning Alloh huzurida saqlanib turishini, (va bu) tup asliy nushaga faqat pok farishtalar va pok insonlarning elchilarigina yetisha olishlarini yozishgan; Qur’on talqinshunoslaridan boshqa bir qismi esa yer yuzida mavjud Qur’onni o’qishda uning o’quvchisi pok bir holatda bo’lishi zarur deb tushuntirganlar.

Payg’ambar elchilarning orasi uzilganligida „vaqtincha"(yoki oralikvaqt uchun), yuborilgan deb sanaladi (sura 5,19*). Muhammad Payg’ambarning ta’limoti bo’yincha muqaddas Qur’oni Sharif iymonli insonlar "Kitob ahllari " (Yozuvi bor insonlar)ni, hamda iymonsizlarni "kofirlar" deb ayrib taniydi. "Kitob ahllari" deb, musulmonlar bilan bir qatorda, bir hildagi negizga tayanuvchi, yahudiy-juhudlar va xristianlar tushuniladi va ba’zida Zardushtiylar ham (sura 22, 17*). Sababi, Qur’on, o’z xalqlariga, oz vaqtlarida, Parvardigorning yakkayu-yagonaligi, Oxirat-Qiyomat kunida So’roq berish yana ibodat haqida tegishli ilimlarni bergan, bir qator "Payg’ambarlar"ni tan oladi (sura 6, 83-92, sura 7, sura 4,136*). Ushbu dinlargagi insonlar bu dinlarning tub negizlaridagi shu umumum bo’lgan ta’limotlarga e’tiqod qilar ekanlar, Qur’onning o’zida ham ular iymonsizlarga sanalmaydilar (sura 5, 48* va boshqalar). Ilk islomning birinchi asrlarida xristianlar bilan yahudiy-juhudlar musulmonlikni qabul etishga majbur etilmaganlar (Qur’on ilmi bo’yincha „Dinda zo’rlash yo’q", 2,256* suraga qaralsin). Ibrohim (a.s.) „haniflardan" biri hisoblanadi, haniflar alohida holda yakka Xudolik e’tiqodida bo’lganlar.
Semit so’zi bo’lgan Alloh, islomdan avvalgi qadimgi arabchadagi al -ilah", so’z sifatidagi negizi „Elohim" so’ziga uyqash ekani aniq, "Elohim" deb yahudiy kitoblarida Musoning Xudo deb tushunilishlaridan biridir.

Muhammad Payg’ambar vaqtida ortodoksal ma’nosida ko’pxudolikka ishonganlar hamda butga talpinganlar „kofirlar"(so’zma so’z taxminan: „burkachi") ratida sanalishgan, ularga qarshi Payg’ambar (a.s.) Arabistonda jang qilgan, va bular haqida yahudiy-juhudlarning va xristianlarning Bibliyasi (Injil) ham ogohlantirgan. Keng ma’noda ushbu kundagi islomda Xudoning yakka o’ziga hamda Qiyomat kuniga ishonmaydiganlar iymonsizlar deb sanaladi. Ba’zida bu tushuncha yalpi tarzda barcha musulmon emas odamlarga, va xatto ba’zida xato ravishda boshqa oqimdagi musulmonlarga nisbatan ham qo’llaniladi.

Iyso (a.s.) /Xristos/ Qur’onda

Shu narsa ta’kidlanishi lozimki, Qur’on (o’zining) bir necha o’rinlarida Iyso (a.s.)ni Allohning elchisi bo’lgan Payghambar deb yana "Odam ato /Adam/ day yaratilgan" deb aniqlanmagan ma’nosi bor tarzida Xudoning "So’zi" hamda Xudoning Ruhi deb tan oladi (sura 4,171), Parvardigorning "Bo’l" degan so’zi (sura 2, 3, 5 …). Shunday qilib, bu bilan u ma’no jihatdan, osha zamondosh teologlarlarga qaraganda ortiqroq, yaxshi tushunilgan Qur’onda kezi kelganda ortiqroq yaxshiroq tushunilgan. O’sha zamongi xristian teologlar, Iysoni faqatgina sotsial reformator tarzida qoldirgan, (larga qaraganda)! Faqat troitsailmi: Padar, O’g’il va Ruh - Iyso Xudoning o’g’li degani - Muhammad zamonidagi xristianlar tomonidan o’ta zaminiy tarzda fahm etilgan keyinchalikdagi ta’limot - Qur’onda tan olinmadi. Buni qanday ma’noda tushunilganligini, tushunarliroq, boshqa nuqtai nazardagi insonlar ham buning mag’zini uqsin deb anglaydigan tarzda bayon eta oladigan xristianlar qolmadi. (masalan, sura 6, 101*). Rimliklarga xatda 1.4 Iyso (Isusus Xristos) Ilohiy Ruh qudratila „o’g’il tarzda belgilangani" yozilgan, demak u tug’gan emas.
Alloh /Xudo/ tavallud topmagan va u Iysoni ham tug’magan, balkim dunyoga keltirgandir degan islomiy ta’limotdagi musulmonlik mazhabiga hos tushuncha xristianlarda ham, shu joyigacha, shunday tushuniladi. Keyin keladigan „logos" (junoncha „So’z /Kalom") tushunchasi – Injil va Tavrotda ilohiylikka mansublikni yoki al Masihi Iyso /Isus Xristos/ning yuborilganligi ma’nosini bildirib – bu Evangeliyada ham „So’z" deb tarjima qilingan (yuqoridagi bilan taqqoslang), va bu Qur’onda Iysoga nisbatan qo’llanilgandir. Qur’oni Karimdagi bu ma’nodagi fikrlash – Injil va Tavrotda ham - shunday bir sirli hosiyatni /ma’noni/ o’zida yashirin saqlagandirkim, bunining ma’nosi tagiga na musulmonlar va na xristianlar hozirgacha to’la yeta olmaganlar, va bu boradagi shu vaqtgacha bo’lgan tushunchalar borasidagi tortishuvlar, balkim, noo’rindir? Ushbu haqdagi xristianlarning o’zlari beradigan izohlari „ko’p dinlilik" ekanda degan tushunishlikka olib keladiganday bo’lsa ham, aslida bu unday emas. Iyso Alayxis –Salomning o’zi ham quyidagicha vasiyat qilgan: "Menga e’tiqod etib (meni dilda tutib) birgina Parvardigorga (Alloh)ga ibodat qiling" (Injil, Ioann Evangeliyasi 15:16) . Iysoning umri mazmuni,o’zining butun borligi bilan bog’liq bo’lgan Parvardigor fikri yodi bilan yashashlik bo’lgan va Uning O’ziga /Parvardigorga/ odamlarni ergashtirish aynan Iyso Payg’ambar qo’lidadir.

"Logos" tushunchasi (yunon tilida, Ioann Birinchi Evangeliyasida "So’zi Xudo" Xristos bilan bog’liq tushunilgan) Paretning olmoncha Qur’on tarjimasida Iyso ga notaalluqli tarzda tilga olinadi, biroq boshqa chop etilgan Qur’on nushalarida Allohning „ishi" yoki Allohning „amri"ratida tushuniladi (sura 13,2 yana sura 13,11*).

Qur’on Iyso (a.s.)ni "Odam Ato " yaratilganday tuproqdan yaratilgan deb biladi (sura 3, 59*) va bokira Maryamga pokiza farzand Iysoning tavalludini „Parvardigorning elchisi" Allohning Ruhidan bo’lganini xabarlaydi (sura 19, 17-22*). Qur’on bo’yincha ham Iyso Muqaddas Ruh / Ruhul-Qudus (Jabroil)orqali quvvatlantirilgan (sura 5, 110*).

Qur’on bo’yincha yosh Iyso o’zining qayta tirilishi haqida oldindan habar beradi (sura 19, 33*), biroq bu bilan avvalo, Qur’onda ko’p marotaba tilga olinadigan iymonlilar qayta tiriladigan "Oxirat kuni" (quyida berilgan) nazarda tutilgan bo’lishi ham ehtimol 4, 159* suraga qarang. Qur’on Iyso (a.s.) tirikligicha osmonga ko’tarilgan deb ta’limot beradi (sura 4, 157-159*, sura 3, 55*).
Musulmonlar bilan xristianlar orasida ushbu borada fikrlar kelishmovchiligi shundakim, al Masihi Iyso xochga mixlanib, o’lib (o’ldirilib) va Parvrdigor qudrati bilan o’limni yengib – xristianlar tushunishicha – keyin osmonga /Parvardigor huzuriga/ ko’tarilganmi; yoki hech qanday xoch /krest/ga mixlanish bo’lmay – musulmonlar tushunishicha – Uni Alloh O’z huzuriga ko’targanmi. Tomonlar e’tiqodidagi uyqashlik Uning ko’tarilganda „o’lik" bo’lmaganligidadir, va balkim masalan odamlarga ta’lim berganligidadir. Sura 3,55* yoki 5,48* suraning o’zidayoq shunday deyiladi „...men o’zim uni poklayman" va "…barchangiz mening huzurimga qaytajaksiz, va men (Alloh) sizlarning orangizdagi o’z aro (yer yuzidagi hayotingizda) kelisha olmagan narsangizni O’zim kelishtirib, O’zim hal etajakman". Shundan kelib chiqib xristianlar ham musulmonlar ham o’rtalarida sirli tarzda qolayotgan narsalar /ta’limotlar/ yechimi ustida tortishish o’rniga o’z yechimi kelguncha sabr bilan tinch yo’sinda kuta bilsalar bo’lur edi.

Qur’onda shunga monand narsa, ya’ni, iymonlilarni Qiyomat /So’roq/ kunida qayta tirilishlari ham tilga olingan (sura 36, 77-83 ; sura 69,13-37; suralar 75, 99* va boshqalar). Iyso yana qayta keladi va iymonli Kitob ahliga guvohlik beradi (sura 4,159 yana 16,89* surani solishtiring). Xudoga va Qiyomat kuniga ishonuvchilar, "va haq yo’lini tutuvchilar" (farzlar bo’yincha), yaxshilik istaganlar, musulmon emaslar ham, Qur’onda berilishicha Oxirat So’rog’idan qo’rqmasalar ham bo’ladi (sura 2, 62; sura 4,123-124; sura 7,170*). Oxirat So’rog’i ham Qur’onda ham Injilda Allohning ishi, xristian bo’ladimi, musulmon bo’ladimi, yahudiy bo’ladimi bundan qat’iy nazar Oxirat So’rogi odamning ishi emas.
(Shu kabi dinlararo solishtirishlar bu yerda Qur’onni mustaqqilliga ishonchni shubha ostiga olish uchun qilingan emasdir.)

Islomning va xristianlikning etik asoslari

"Ibrohim dinlari" deb yuritiladigan uchchala dinning etik negizlari ham bir biriga uyqashdir. Islomda ham, vaholangki sanalib o’tilmagan bo’lsada, farzlar bor, 17,22-39 surasida; sura 5,38-40; sura 2,188; sura 2,195; va sura 17,70* (odam hosiyati). Masalan aypsizni o’ldirishni (sura 5,27-32*) gunoh sanaladi. Qur’on gunohsizni o’ldirishni qat’iy va hech bir istisnosiz man etadi. "Jihod" "muqaddas urush" tushunchasi ushbu ma’noda Qur’onning emas, balkim, Muhammad Payg’ambarning yana Islomdagi huquq-shariat maktablarning***) fikrlaridan olingan: Ruhiy (va ma’naviy) ichki tuyg’ular bilan ishlash shaxsning xudobehabarlarcha havaslariga nisbatan olganda "Katta Jihod" hisoblanib, tashqi dunyoning barcha tortishuvlarida boshqacha katta ma’no beriladi. (Solishtiring, masalan, Iysoning karomatlaridan: "oldin cho’pni o’z ko’zingdan chiqarib ol …"- Ko’pgina tashqi janjal-nizolar o’z mohiyatini yo’qotgan bo’lur edi.) "So’z Jihodi" tinch-osoyishta diniy iymon degani bo’ladi. "Qo’lning Jihodi" bu dinga e’tiqodli-iymonlining ilm sari harakatda namuna bo’lishi demakdir. "Shamshirning Jihodi", yana "kichik Jihod" deb ham ataladi, bu tajavvuzga duchor bo’lgan iymonli uchungina yo’l qo’yilgandir (taqqoslang: Qur’on sura 2, 190*). „Boshqa dinlardagilarga nisbatan muomala - Dinga kiruvga, musulmon bo’lishga" so’rlamaydi "Shiddat" ham Qur’onda tilga olingandir (sura 48, 29*, sura 47, 4*). Turli jinslar o’rtasidagi muomala tartiblari va alohida tarzda, boshqadindagilar bilan ahdu nikohning ma’n qilinishi va hokazolar ham Qur’onda mufassal tilga olingan.

Islomning amallariga kiradiganlar: "Parvardigor(Alloh)dan o’zqa hech qanday Xudoning yo’qligi va Muhammadning Parvardigorning yuborgan elchisi ekanligi; kundalik namozning ijrosi (sura 2,177*);
yilda bir Ramazon oyida keladigan ro’zani tutish (sura 2,185*); imkoni bo’lsa umrda bir marotaba haj qilish (sura 2,196*); zakot (sozial hojatlar uchun sadaqa)ni to’lash (sura 2,177*)".

Bugungi kunda islomda din va yana odamgarchilik masalalarini hal etilishini belgilaydigan markazlashgan joy yo’q. Biroq deyarli ko’pchilik hurmatiga sazovor bo’la oladigan Huquqshunoslarning fikr qarashlari to’lig’ligicha hisobga olinishi mumkin bo’lar.

*) Kolxammer (Kohlhammer) bosmaxonasida olmon tilida chiqqan Rudi Paretning „Qur’on tarjimasi" qo’llanildi; bu tarjima ilmiy talablarni qondira oladi hamda til tushunilishi uchun so’zma-so’z tarjima bilan kiritmalarni bir -biridan farqlaydi. Bu yerda islom olamida odat bo’lgan oyatlar misrcha sanog’idan qo’llanilgan. Bolishi mumkinki, boshqa tarjimalar suraning boshqa ikkinchi oyatlar sonini bergandir, unda olingan joy oldinda va yoki berilgan oyat sanasidan keyinoq beriladi.Qur’onning arabchadan tarjima qilish qiyinchiliklari bu kabi aniq berilgan suralarga bu taalluqli emas. Qur’oni Sharifning ma’nosi yana 2007 yilda chiqqan Adel Teodor Qourining (Adel Theodor Khoury) olmoncha Qur’on tarjimasi bilan ham taqqoslandi. Uning tarjimasi musulmon olimlari tomonidan ham tan olingan, (masalan, doktor Inamullaxon (Inamulla Khan), o’sha vaqtlardagi Dunyo Islom Kongressining Bosh kotibi) yana islomning Huquq Maktablarining an’anaviy talqinlari uning tomonidan tushuntiriilgan.

***)Tarixiy „Xristian krest yurishlari" ham Injil tamonidan negizlanmagan, balkim ular insonlarning xarakati bo’ladi. Bu ham masalan, ko’pchilik evropalik va xristianlarda bugungi kunda yomon otlidir.

Boshqa Homepage betga qarang

"Xristos yo’llari" veb (internet) sahifasi tadqiqot va ma’lumot boyicha bir proyektdir. U cherkovlardan, din yo’nalishlaridan va boshqa diniy jamiyatlardan mustasno, alohidadir (bu bilan u o’sha boshqalga qarshi ham emas). Ushbu sahifa turli dinlar o’rtasida osoyishta aloqani va chuqur ma’nodagi bir-birini tushunishni qo’llaydi. "Xristos yo’llari" iqtisodiy daromadga va siyosiy nufuzga intilmaydi. Xristos yo’llari missionerlik qilmaydi va a’zolar targ’iboti bilan shug’ullanmaydi.